30+ davlatda vakolatxonalar
ASBIS O‘zbekiston xalqaro ASBIS Group xoldingiga kiradi, u Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika (EMEA) hududidagi eng yirik IT-mahsulotlar distributori hisoblanadi. ASBIS kompaniyasi 1990-yilda Belarusda tashkil etilgan, 1995-yilda esa Kiprdagi ASBIS Group xolding kompaniyasi bilan birlashgan. Bugungi kunda ASBIS O‘zbekiston Respublikadagi IT-sohasining yetakchi kompaniyalaridan biridir.
ASBIS O‘zbekiston kompaniyasi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, axborot texnologiyalari bozorida o‘zini ishonchli o‘yinchi sifatida namoyon qilgan. Biz biznesning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan yuqori sifatli yechimlar va xizmatlarni taqdim etamiz. Zamonaviy ofisimizda 50 dan ortiq o‘z ishiga sodiq xodimlar faoliyat yuritadi, iSpace.uzservis markazi esa mijozlarga professional xizmat va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. O‘zbekiston hududida bizning portfelimizda 70 dan ortiq brend va 4200 dan ziyod mahsulot mavjud. Hamkorlarimiz bilan birgalikda eng so‘nggi texnologiyalarni har bir mijoz uchun tushunarli va qulay qilishga intilamiz hamda zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlaridan maksimal darajada samarali foydalanishni ta’minlashga harakat qilamiz.
ASBIS Group — bu yuqori malakali mutaxassislardan iborat xalqaro jamoa, EMEA mintaqasida 30 ta mahalliy ofis, butun dunyo bo‘ylab 20 000 dan ortiq faol mijoz va axborot texnologiyalari sohasida deyarli 30 yillik tajriba.
30+ davlatda vakolatxonalar
60 ta mamlakatda 20 000 ta faol mijoz
2 600+ xodim
2023-yilgi daromad — $3,1 milliard
4 ta distribyutsiya markazi
Portfelimizda 100 000 SKUdan kop
1995-yildan buyon bosh ofis Kiprda
250+ yetkazib beruvchi
2007-yildan beri WSE listingida
ASBIS O‘zbekiston — keng yo‘nalishga ega, loyihaviy IT-yechimlar, biznes uchun uskunalar, komponentlar, periferiya qurilmalari va mobil tizimlar distributori.
Mahsulot guruhlari:
Biz Apple, JBL, Logitech, Intel, Supermicro, Infinidat, AMD, Seagate, Western Digital, Crucial, Pure Storage va boshqa ko‘plab yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining rasmiy distributorimiz. Bundan tashqari, biz Prestigio, Canyon va Perenio kabi o‘zimizning savdo belgilari ostida keng turdagi iste’mol elektronikasini yetkazib beramiz. Hamkorlarimizga biz kompleks IT-yechimlarni ishlab chiqish, raqobatbardosh narxlar, mukammal yo‘lga qo‘yilgan xalqaro logistika, moliyaviy dasturlar va qo‘shma biznesni rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni taklif etamiz.